How to Get Started with Unit Travel: A Step-by-Step Guide

avatar
Unit.Travel
Chop etildi: 24.12.2024
2074

Unit Travel bron qilish tizimida ish boshlash uchun bir nechta oson qadamni bajarishingiz kifoya – shunda siz o‘z bronlaringiz uchun 100 yevro miqdorida bonus olasiz.

🔑 1-qadam: Ro‘yxatdan o‘tish

b2b.unittravel.uz saytiga kirib, o‘z akkauntingizni yarating. Buning uchun faqatgina ism-familiyangiz, email, telefon raqamingiz va agentligingiz nomi talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, akkauntingizni faollashtirish uchun havola yuborilgan xatni qabul qilasiz.

🔧 2-qadam: Sozlash ustasi

Agentligingiz ehtiyojlari va maqsadlariga moslashtirish uchun maxsus Sozlash ustasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘ting. Har bir bosqichda sizga onlayn-yo‘riqlar va maslahatlar yordam beradi. Sozlash ustasi yakunlangach, bron qilish imkoniyati ochiladi.

🔎 3-qadam: Sinov tariqasida bron qilish

Istalgan mehmonxona yoki parvozni tanlang (hatto qaytarib bo‘lmaydigan tarifni ham) va uni bron qiling. Keyin esa to‘lov qilmasdan, shu bronni bekor qiling. Hech qanday deposit yoki jarima talab etilmaydi — xavf yo‘q.

📝 4-qadam: Shartnomani imzolash

Agar to‘lovlarni so‘mda amalga oshirishni istasangiz, Didox orqali elektron shartnomani imzolashingiz talab etiladi.

💡 Yodda tuting, biz har doim yordam berishga tayyormiz!

Agar qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, menejerlarimiz bilan bog‘lanishingiz yoki Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozishingiz mumkin.

Qidirmoq
Kattalar: 2