Nima uchun aksariyat agentlar mehmonxonalarni B2B agregatorlar orqali bron qilishadi?

avatar
Unit.Travel
Chop etildi: 04.01.2025
1880

Siz bilasizmi, nega agentlarning aksariyati mehmonxonalarni B2B agregatorlar orqali bron qilishadi? Mana 7 ta asosiy sabab:

1️⃣ Eng yaxshi narxlar va bonuslar

Agregatorlar katta savdo hajmlari tufayli qulay tariflarni qo‘lga kiritishadi va agentlarga kupon yoki keshbek tarzida bonuslar ulashishadi.

2️⃣ 2 milliondan ortiq obyektlarga qulay va tezkor kirish

Agent bir vaqtning o‘zida turli yetkazib beruvchilarning narx va shartlarini bitta oynada solishtiradi hamda eng yaxshi taklifni tanlaydi.

3️⃣ To‘lov usullarining ko‘pligi

Agregatorlar turli-tuman to‘lov usullarini taklif qilishadi, jumladan so‘mda to‘lash, karta orqali (ssilka bilan) va boshqa usullar. Yetkazib beruvchilar esa, odatda, cheklangan usullarni taklif qilishadi va ko‘pincha mahalliy valyutani qabul qilishmaydi.

4️⃣ 24/7 qo‘llab-quvvatlash

Agent har qanday vaziyatda agregatordan doimo yordam olishi mumkin.

5️⃣ Bepul savdo vositalari

Agentlarga bepul tarzda quyidagi vositalar taqdim etiladi: o‘zining V2S sayti, saytingizga o‘rnatiladigan modullar, Buking bilan solishtirish imkoni beruvchi brauzer ilovasi va hokazo.

6️⃣ Shartlarning shaffofligi

Bekor qilish va to‘lov shartlari aniq-tiniq ko‘rsatilgan. Eng muhimi, to‘lovni kechroq amalga oshirish imkoniyati bilan “qaytarib bo‘lmaydigan” tariflarni ham bron qilish mumkin.

7️⃣ Xalqaro bozor

Agentlar nafaqat O‘zbekistonda, balki Yevropa, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada bozorlarida ham qonuniy ravishda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Aynan shu talablarga to‘liq javob beradigan agregator – bu 😎 Unit.Travel.

Qidirmoq
Kattalar: 2